Inditex xoldingi asoschisi Amansio Ortega dunyoning eng boy odamlari reytingining 1-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Bundan Forbes jurnalining real vaqtda yangilanib boruvchi ma’lumotlari darak bermoqda.
Orteganing 9 sentyabr kechki vaqt holatiga ko‘ra boyligi 78 mlrd dollarga baholandi. Ko‘p yillar davomida dunyoning eng badavlat insoni maqomini o‘zida saqlab kelgan Bill Geytsning davlati esa 75 mlrd dollarga baholandi. Oxirgi bir necha kun davomida Ortega va Geyts eng badavlat insonlar reytingida o‘rin almashib kelayotgandilar, chunki reyting joriy birja narxlarini hisobga oladi.
Ortega 7 sentyabrda xoldingi aksiyalari narxi oshishi hisobiga eng badavlat insonga aylangandi, biroq 9 sentyabrda bu maqomni yana Geyts qaytib olgandi.
3-o‘rinni milliarder Uorren Baffet egallamoqda.
Ortega tomonidan asos solingan Inditex xoldingiga Zara, Pull&Bear, Bershka va Massimo Dutti kiyim-kechak brendlari kiradi.
Manba: kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi