7 981
Shifokor xatosi tufayli hayotdan ko‘z yumgan havayilikning oilasiga 4,2 million dollar to‘lanadi
Amerikaning Havayi shtati shifokorlar xatosi tufayli (narkoz dozasining oshirilib yuborilishi natijasida) hayotdan ko‘z yumgan kishining oilasiga 4,2 million dollar miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu haqida "Associated Press"ga tayanib "Kun" ma’lum qildi.
32 yoshli Antonio Marrero 2013 yilda shtatdagi shifoxonlardan biriga tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilib borgan. Uni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor bemorda angina kasalligini taxmin qilgan, biroq bunga to‘liq ishonch hosil qilish uchun bemorni mahalliy narkoz ta’sirida tekshirishga qaror qilgan. Sedativ preparat yuborilgandan keyin bemor hushidan ketib, hayotdan ko‘z yumgan.
Antonioning oila a’zolari Amerika hukumatini sudga berdi. Oila a’zolarining fikricha, bemorni davolashga kirishgan shifokor anesteziolog bo‘lmagan, shunday ekan, uning narkoz yuborishga haqqi ham yo‘q.
Natijada da’vo arizasini sudgacha hal qilishga erishildi. Mahalliy hukumat yuqorida qayd etilgan summadagi tovon pulini to‘lashga va’da berdi, o‘z navbatida, marhumning oila a’zolari da’vo arizasini qaytarib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?