16:23 / 16.09.2016
7 242

NASA: Marsdagi namlik xususida yangi ma’lumotlarni taqdim etdi

Marsdagi ko‘l va erigan qorlardan hosil bo‘lgan irmoqlar avval o‘ylanganidan ancha keyin paydo bo‘lgan. Mars Reconnaissance Orbiter orbital zondi yuborgan so‘nggi suratlarni o‘rgangan olimlar shunday xulosaga kelishdi, deb xabar qilmoqda NASA matbuot xizmati.

Marsning shimoliy qutb mintaqalarini suratga olish jarayonida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarga binoan, taxmin qilinishicha, mazkur sayyoradagi suyuq suv zaxiralari Marsning nam davridan 1 mlrd yil keyin paydo bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, Mars iqlimining rivojlanish jarayoni xususida shakllangan qarashlarni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Ya’ni, aytish mumkinki, Mars sathi mikroblar hayoti uchun ko‘proq muddat yaroqli bo‘lib qolgan.

Marsning shimoliy kengliklarida bir paytlar ulkan suv zaxiralarining bo‘lganligi, hozirda ham muzlagan suv qoldiqlari bo‘lishi mumkinligiga umid uyg‘otadi.

Manba: kun.uz

Dasturlash foundation

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » NASA: Marsdagi namlik xususida yangi ma’lumotlarni taqdim etdi