Rossiyaning Astraxan viloyatidagi saylov uchastkasida ayol ovoz berish guvohnomasini eb qo‘ydi

  • 19 sentyabr 2016, 11:00
  • 4 581
  • Jamiyat
  • Rossiyaning Astraxan viloyatidagi saylov uchastkasida ayol ovoz berish guvohnomasini eb qo‘ydi

    Rossiyaning Astraxan viloyatidagi 316-saylov uchastkasida bir ayol doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyiga biriktirilgan saylov uchastkasi o‘rniga istalgan boshqa saylov uchastkasida ovoz berish huquqini beruvchi guvohnomani eb qo‘ydi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

    Voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

    "Ayolga tez tibbiy yordam chaqirtirildi, biroq u so‘roq vaqtida barchasini inkor qilgan. Bu tekshiruv natijalari prokuratura orqali tergov qo‘mitasiga topshiriladi", deb aytildi xabarda.

    Ma’lum qilinishicha, ayol erkakcha familiyali guvohnoma bilan saylov byulletenini olmoqchi bo‘lgan. Kuzatuvchining bunga qarshilik ko‘rsatishi vaqtida ayol kuzatuvchining qo‘lini tishlab olgan va so‘ngra guvohnomani og‘ziga solib chaynay boshlagan.

    Avvalroq Astraxan viloyati saylov komissiyasi raisi Igor Korovin saylov komissiyasi ovoz berishda ishtirok etgan aholidan kolbasa va pullar bilan ovozlarni sotib olishga urinishlar bo‘lganidan shikoyatlar olganini ma’lum qilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyaning Astraxan viloyatidagi saylov uchastkasida ayol ovoz berish guvohnomasini eb qo‘ydi