Olimlar kabutarlarning so‘zlarni o‘qiy olish xususiyatini isbotlashdi

  • 19 sentyabr 2016, 23:45
  • 4 703
  • Jamiyat
  • Olimlar kabutarlarning so‘zlarni o‘qiy olish xususiyatini isbotlashdi

    Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari ilk marotaba kabutarlarning yozilgan so‘zlarni o‘qiy olish xususiyatini isbotlashdi. Ularning imkoniyatlariga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi, deb xabar berdi "Kun" nashri.

    Olimlar kabutarlar ramzlarni o‘qishda "orfografik" xususiyatlarni namoyon etishini isbotlashdi. Tadqiqotda kabutarlarni ekranda to‘rt ingliz harfidan iborat so‘zlar ko‘ringanda tumshug‘i bilan unga tegishga yoki so‘z yasamaydigan to‘rt harf (masalan, URSP) paydo bo‘lsa, maxsus ramzga tegish o‘rgatildi. Olimlar asta-sekinlik bilan so‘zlarni qo‘shib borish orqali kabutarlarga 58ga yaqin so‘zni yod oldirishdi - faqatgina aql salohiyati 35 ko‘rsatkichiga teng kabutar shuncha so‘zni yod olgan, qolgan kabutarlar o‘rtacha 43ta so‘zni eslab qolishgan.

    "Insonlardan 300 million yillik evolyusiya bilan farq qiluvchi va mutlaqo boshqacha miya tuzilishiga ega kabutarlar orfografiyada hayratlanarli natija ko‘rsatishdi", - dedi tadqiqot hammuallifi O‘nur Gunturkun.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Olimlar kabutarlarning so‘zlarni o‘qiy olish xususiyatini isbotlashdi