Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi taqdim etildi

  • 22 sentyabr 2016, 11:26
  • 10 083
  • Jamiyat
  • Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi taqdim etildi

    Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so‘nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo‘ldan boy berishdi. Yangi reyting Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnalida taqdim etildi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.

    Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi Britaniyadagi Oksford universitetiga nasib etdi. Oxirgi 5 yil ro‘yxatda etakchilik qilgan Kaliforniya texnologiya instituti esa reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikka AQShning Stenford universiteti yakun yasadi.

    4-o‘rin Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), 5-o‘rin Massachusets texnologiya instituti (AQSh), 6-o‘rin esa Harvard universiteti (AQSh) tomonidan band etildi. Priston universiteti (AQSh) 7-o‘rin, London Imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) 8-o‘rinni egalladi. Reytingning 9-pog‘onasidan Shveysariya Federal texnologiya universiteti va 10 pog‘onasidan Berklidagi Kaliforniya universiteti (AQSh) joy oldi.

    Tadqiqot natijalari reytingda odatdagidek Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari etakchilik qilayotganini ko‘rsatdi. Reytingdagi 980 o‘quv dargohidan 148tasi AQSh va 91tasi Birlashgan Qirollik universitetlariga to‘g‘ri keladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi taqdim etildi