Xitoyning Chjeszyan viloyatidan bo‘lgan amaldor loydan yurib, poyabzalini kir qilishni istamagani uchun ishdan mahrum bo‘ldi. Bu haqda "Kun" nashri xabar beradi.
Bao Syuyveyni juma kuni Meranti tayfunidan jabrlanganlar hududida suratga olishdi. Suratda ko‘rinib turibdiki, ikki erkak amaldorni ko‘tarib, loyqa ko‘lmak ustidan olib o‘tmoqda. Bu surat internetda paydo bo‘lgach, Baoni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tanqid ostiga olishdi.
Hukumat tanqidga e’tibor qaratdi va amaldorni o‘z vazifasidan ozod etdi. Baoning so‘zlariga ko‘ra, bu tushunmovchilik sabab yuz bergan: o‘sha kuni u jabrlanganlar hududiga rasmiy uchrashuvdan so‘ng tashrif buyurgan va ish poyabzalini suv o‘tkazmaydiganiga almashtirishga ulgurmagan. U quruqroq erga o‘tishga uringanida, sug‘urta kompaniyasining ikki ishchisi uni qo‘lidan ushlab, katta ko‘lmak ustidan olib o‘tishgan. Bu esa bor-yo‘g‘i bir necha soniya davom etgan.
Amaldorni olib o‘tgan xodimlar bu so‘zlarni tasdiqlashdi: ularning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar xuddi shunday yo‘l bilan nafaqat Baoga, balki boshqa kishilarga ham yordam berishgan. Voqeani suratga olgan fotosuratchi janjal uchun uzr so‘radi va u shunchaki insonlar bir-biriga qay tariqa yordam berayotganini ko‘rsatishga uringanini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi