Fuqarolar Mels Otaboyev, Nosir Elbekov va Tursunpo‘lat Ahadov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro jinoiy til biriktirib, qalbaki 5000 so‘mlik banknotlarni yasash bilan shug‘ullanib kelayotganligi haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Bu haqda “Huquq” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.
Tezkor tadbirda ular 50 mln. so‘m qalbaki pullarni maxsus xaridorga 10 mln. so‘m haqiqiy milliy valyuta evaziga tayyorlab berishga kelishib, oldindan 5 mln. 300 ming so‘mni olishadi. Soat 23:00da Qo‘qon shahridagi xonadon ko‘zdan kechirilib, 5000 so‘mlik qalbaki pullar rangli printer yordamida chiqarilib, kesish uchun tayyorlab qo‘yilgani aniqlandi. Chop etilgan qalbaki pullar va shu maqsadda ishlatilgan texnologiya uskunalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!