15:48 / 03.10.2016
6 849

«Musavvirlar» bekati qaytmoqda (foto)

«Musavvirlar» bekati qaytmoqda (foto)

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi «Musavvirlar» bekati qayta tiklanmoqda.

3 oktyabr kuni tongda Toshkentda Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi «Musavvirlar» bekatini qayta tiklash ishlari boshlandi.

Har ikki tomondagi bekat majmuasi 2015 yil iyulida yopilgan edi. Yo‘lovchilar oraliq masofasi bir yarim kilometrcha bo‘lgan «Kimyo instituti» yoki «Siyosatshunoslik instituti» bekatlariga qatnashga majbur bo‘layotgan edi.

Yo‘lda o‘tish uchun sharoit bo‘lmasa ham avtobus haydovchilari yil davomida sobiq bekatlar o‘rnida kutib turgan kishilarni chiqarib olish uchun to‘xtayotgan edi.

«Musavvirlar» bekati bilan qatorda shahar markazi tomonga eltuvchi yo‘ldagi «Buyuk ipak yo‘li» bekati ham olib tashlangan edi. Uning qayta tiklanishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Foto








Manba: "gazeta.uz"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Musavvirlar» bekati qaytmoqda (foto)