14:57 / 05.10.2016
8 986

“Forbes” Amerikaning eng badavlat kishilari reytingini e’lon qildi

“Forbes” Amerikaning eng badavlat kishilari reytingini e’lon qildi

“Forbes” jurnali Amerikaning eng badavlat kishilari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxatda oliy o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts band etdi. Uning mablag‘i 81 milliard dollar ekanligi ma’lum qilindi, deyiladi "Qalampir" nashri xabarida.

Ikkinchi o‘rinni Amazon asoschisi va rahbari Jef Bezos egalladi. Uning daromad qiymati 67 milliard dollar bo‘lib, 2016 yilda Jef Bezos boshqa amerikalik badavlat kishilarga qaraganda ko‘p daromad olgan.

Uchlikni “Berkshire Hathaway” xoldingi bosh direktori Uorren Baffet yakunlab berdi. Uorren Baffet aslida 15 yil davomida bu reytingda ikkinchi o‘rinni egallab kelgandi.

Keyingi pog‘onadan 55,5 milliard dollar bilan Facebook asoschisi Mark Sukerberg joy oldi. Oracle asoschisi Larri Ellison 49,3 milliard dollar mablag‘i bilan 5 o‘rinni band etgan.

“Forbes” jurnalida keltirilishicha, jahonning eng badavlat amerikalik kishilari reytingidan joy olganlar yil davomida daromadlarini faqat ko‘paytirishgan va rekord ko‘rsatkichga olib chiqishgan. Umumiy hisob 2,4 trillion dollarni tashkil etmoqda. Reyting ro‘yxatiga kiritilgan eng badavlat kishining mablag‘i 1,7 milliard dollarga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Forbes” Amerikaning eng badavlat kishilari reytingini e’lon qildi