So‘nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi («Transport vositasini olib qochish»)ga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. O‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi taklif parlament quyi palatasiga Bosh prokuratura tomonidan ilgari surildi.
«Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan», — Qonunchilik palatasi axborot xizmati deputat Sherzod To‘xtashev so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha (amalda — 3−5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha (amalda — 5−10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 15 yildan 20 yilgacha (amalda — 10−15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi