Iordaniya nashri eng nufuzli musulmonlar va I.Karimov haqida yozdi

  • 08 oktyabr 2016, 22:47
  • 6 666
  • Jamiyat
  • Iordaniya nashri eng nufuzli musulmonlar va I.Karimov haqida yozdi

    Har yili Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining Strategik tadqiqotlar markazi tomonidan har yili e’lon qilinadigan ro‘yxatning 2017 yil uchun mo‘ljallangan nashrida 1-o‘rinni Al-Azhar shayxi Ahmad Toyyib egalladi. 2-o‘rinda Iordaniya qiroli Abdulloh II, 3-o‘rinda Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz, 4-o‘rinda Eron musulmonlari etakchisi Sayyid Ali Xamanei, 5-o‘rinda esa Marokash qiroli Muhammad VI ning nomlari qayd etilgan. Dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatida O‘zbekistonlik muftiy Usmonxon Alimov ham kiritilgan.
    Qayd etish kerakki, mutaxassislar tomonidan dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatining qanday talablar asosida shakllantirilishi borasida bahsli qarashlar mavjud.
    Yana bir jihati, ushbu nashrda 2016 yilda sodir bo‘lgan eng muhim va qayg‘uli voqealar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Karimovning vafot etgan sanasi eng qayg‘uli voqealar sirasiga kiritilgan. Demakki, muhtaram prezidentimiz vafotlari dunyo ahli musulmonlarini ham qayg‘uga solgan, biz shunday yurtboshimiz bilan fahrlanib xotiralarini yod etishdan charchamaylik.
    Shuningdek, nashrning e’tiborga molik yurtimiz bilan bog‘liq yana bir tarafi shundaki, 2016 yilda bo‘lib o‘tgan yozgi olimpia o‘yinlarining musulmon g‘oliblari nomi qatorida 13 nafar o‘zbekistonlik qahramonlarning ismlari qayd etilgan.

    Manba: Diydoraziz.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Iordaniya nashri eng nufuzli musulmonlar va I.Karimov haqida yozdi