Tahririyatimiz oilaviy masalalar, ajrimlar va ularning kelib chiqish sabablariga ko‘p e’tibor qaratadi. Bunga asos bo‘ladigan omillarni esa ko‘zdan qochirmaymiz. Shoira, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimovaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirgan fikrlari ko‘plar qatori bizni ham o‘ylantirib qo‘ydi. Shoira ta’kidlaganidek, bugungi sevgi ham hamin qadar, unga atab kuylanayotgan qo‘shiqlarda oilaviy muammolar aks etyapti. Ya’ni yosh oialalarda kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlar qo‘shiqlarning ham ta’siri bordek.
“Onasi o‘pmagan, qog‘ozga o‘ralgan qantdek saqlangan qiz qoldimi, o‘zi?
Qo‘shiqlarni eshitib xavotirga tushayapman. “Senga baxt tilayman, ammo baxtli qilolmayman”, deb kuylasa bittasi, boshqasi “To‘yingga borolmayman”, deb onasi bilan yig‘lashib tunni o‘tqazadi.
Hatto, to‘yxonada ham yolg‘onchi yordan gapirib, kuyov oldida mazza qilib er tepinib raqsga tushishadi...
Bechora kuyovlar...”, deb yozadi Abduazimova.
Shoiraning so‘zlarida jon bordek. Nimani kuylayapsiz, nimalar deyapsiz, hurmatli xonandalar. Bizchi, biz nimaga er tepib raqs tushyapmiz? Bu savollarning berish fursati etgandek...
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi