23:00 / 14.10.2016
9 926

«Lukoyl» rahbari I. Karimov qabrini ziyorat qildi

«Lukoyl» rahbari I. Karimov qabrini ziyorat qildi

Shu kunlarda Samarqandga tashrif buyurgan «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda "Diydoraziz.uz" sayti yozmoqda.

Mehmon Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzaev hamrohligida Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. «Lukoyl»kompaniyasi rahbari Islom Karimovni hech shubhasiz mustaqil O‘zbekistonning asoschisi deya atash mumkinligini e’tirof etdi va Karimov o‘z davlatni boshqarishda o‘zining yorqin iqtisodiy bilimlarini namoyish etgan holda ona vatan ravnaqi uchun ulkan ishlarni amalga oshirganini qayd etdi.

«Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishtiroki, «Uzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik loyihani amalga oshirishi aynan Islom Karimovning tashabbusi bilan bo‘lgan, deb yoziladi nashrda.

Vagit Alekperov Samarqandga tashrifi doirasida Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Doniyol payg‘ambar qabri va va boshqa diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rdi hamda «Samarqand-Buxoro ipak gilami» qo‘shma korxonasining faoliyati bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Lukoyl» rahbari I. Karimov qabrini ziyorat qildi