12:41 / 15.10.2016
11 800

Alisher Usmonov O‘zbekistonning yangi rahbariyatiga aloqasi borligini inkor etdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonning yangi rahbariyatiga aloqasi borligini inkor etdi

Alisher Usmonovning matbuot xizmati milliarderning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga ta’sir o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Bu haqida tadbirkorning matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga aloqasi yo‘q, bu boradagi maqolalar esa mish-mishdan boshqa narsa emas», — deb yozadi Forbes'ga asoslanib Kun.uz nashri.

«Bir necha marta aytilganidek, A.B.Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi», — deyilgan matbuot relizida. Shuningdek unda Usmonovning O‘zbekistonda ko‘p do‘stlari va qarindoshlari borligi ta’kidlangan.

Manbaga ko‘ra, agar O‘zbekiston rahbariyati qandaydir yordam so‘rab murojaat qilsa, Alisher Usmonov «foydasi tegishidan xursand bo‘ladi». Matbuot relizida shuningdek ishbilarmonning «tarixiy vataniga muvaffaqiyatlar va farovonlik» tilashi ma’lum qilingan.

Bundan avval Reuters agentligi ikki diplomatik manbasiga tayanib, O‘zbekistonning boshqaruv tizimiga doir xato ma’lumot bergan va Alisher Usmonovning hozirgi rahbariyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida yozgan va «Toshkent aeroportida milliarderning samolyoti ko‘p kuzatilayotgani»niga ishora qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov O‘zbekistonning yangi rahbariyatiga aloqasi borligini inkor etdi