To‘ydan bir oy o‘tgach, kelinlarni “propiska”ga qo‘yish majburiy etib belgilandi

  • 20 oktyabr 2016, 18:27
  • 7 935
  • Jamiyat
  • To‘ydan bir oy o‘tgach, kelinlarni “propiska”ga qo‘yish majburiy etib belgilandi

    O‘tgan 9 oy davomida Toshkent shahrida har 100 ta oiladan 32 tasi ajrashish darajasiga etib borgan. Toshkent shahri ajrimlar borasida respublika miqiyosida rekord natija qayd etmoqda Bu ma’lumot ayni masalada Toshkent shahar hokimiyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi.

    “Qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi gap-so‘zlar, erta turmush, kattalarning yoshlar hayotiga aralashuvi, mahallaning oilalar turmushida o‘rni yo‘qligi va ularning hayoti bilan qiziqmasligi, kelinlarning “propiska”ga olinishi yuzasidan aniq normalarning yo‘lligi ajrimlarga asosiy sabab bo‘lyapti”, deydi Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov o‘z nutqida.

    Yig‘ilishda ajrimlar masalasiga jiddiy yondashildi. Prokuratura, sud, Ichki ishlar, tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘ini, FHDYolar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Ko‘zga tashlangan qator kamchiliklar inobatga olingan holda Toshkent shahar hokimi yangi qaror qabul qilinishini aytib, unda barcha muammolarning echimi o‘z ifodasini topishini ma’lum qildi.

    Yig‘ilish so‘nggida “Toshkent shahrida oila munosabatlari muammolarini o‘rganish bo‘yicha Ichki guruh” tashkil etildi. Ishchi guruh oz fursat ichida Toshkent shahar hokimiga so‘nggi 10 yil ichida ajrashganlar ro‘yxatini kiritadi. Hokim uy-joysiz, voyaga etmagan farzandlari bilan ko‘chada qolgan ayollarni bolalari katta bo‘lgunga qadar kelinlik uyiga kiritib qo‘yishga, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishga va’da berdi.

    Usmonovning fikricha, bu yaxshi natija beradi. Oxir-oqibat ayrim oilalar ajrashgan kelini va nabiralarini uy-joy bilan ta’minlashga majbur bo‘ladi.

    “Aynan ajrashgan ayollardan juda ko‘plab murojaatnomalar olamiz. Ajrashganiga bir necha yil bo‘lgan, qo‘lida voyaga etmagan bolalari bor. Ayol bolalari bilan ko‘chada qolgan. Ular o‘z murojaatlarida uy-joy bilan ta’minlashimizni so‘rashadi. Oilalar ajrashib ketaveradi, otalar farzandlarining taqdiriga befarq. Og‘irlik esa yana davlatning gardaniga tushyapti. Biz ularning haq-huquqlarini tiklab beramiz”, deydi hokim.

    Shu kungacha tahririyatimizga bo‘layotgan murojaatlarning asosiy qismi to‘ydan so‘ng, kelinlarni kuyovning uyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yilmasligi haqida bo‘lyapti. Bu holat ayniqsa, Toshkent shahrida juda ko‘p uchraydi. Kelinlar bir necha yilgacha “propiska”ga olinmaydi, oila ajrashgudek bo‘lsa, kelinlar ko‘chada qoladi. Yig‘ilishda ayni masala kun sayin dolzarb bo‘lib borayotgani aytildi.

    Toshkent shahar hokimi vaziyatga xolis baho berar ekan, bundan buyon kelinlarni to‘ydan keyin bir oy muddat ichida “propiska”ga qo‘yishni majburiy etib belgilashni taklif qildi va bu ustida ish olib borishni Ishchi guruh zimmasiga yukladi. Huquq-tartibot organlari esa buning ijrosini ta’minlash bilan jiddiy shug‘ullanadi.

    Bundan bir necha yil avval turmush qurgan oilalarda ham kelinlar turmush o‘rtog‘ining uyiga “propiska”ga olinmagan bo‘lsa, ularni doimiy ro‘yxatga qo‘yish bilan shug‘ullanish mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va Ichki ishlar xodimlariga gardaniga yuklanadi. Qarshilik qilgan uy egalari qonunan javobgarlikka tortiladi.

    Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahri bo‘yicha 3586 oilaga darz ketgan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida esa bu ko‘rsatkich 3442 tani tashkil etdi. Bu esa 144 taga kam degani. Toshkent shahrida jami 505 ta mahalla bo‘lsa, ajrimlar shularda 474 tasida yuzaga kelgan. Qolgan 31 mahalla esa bunday noxush vaziyatda holi.

    Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov endi ajrashgan oilalar a’zolarining ism-familiyasi va ular haqidagi boshqa ma’lumotlar televidenie va gazeta orqali e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » To‘ydan bir oy o‘tgach, kelinlarni “propiska”ga qo‘yish majburiy etib belgilandi