09:44 / 24.10.2016
8 046

UNICEF Korzinka.uz supermarketi bilan global loyihaga qo‘l urdi

UNICEF Korzinka.uz supermarketi bilan global loyihaga qo‘l urdi

Bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalarning barkamool voyaga etishini ta’minlashni asosiy maqsad qilgan UNICEF xalqaro tashkiloti shu kunlarda poytaxtimizdagi Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikda loyiha o‘tkazmoqda.

Gap shundaki, har yili dunyo bo‘ylab 15 oktyabr sanasida “Qo‘l yuvish kuni” nishonlanadi. Bu yil ushbu sana “Qo‘l yuvishni odat qil!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Ana shu sana munosabati bilan Korzinka.uz supermarketlarida ko‘rgazmali aksiya tashkil etildi. Kuniga minglab xaridorlar tashrif buyuruvchi ushbu do‘konlar tarmog‘i aksiyani keng yoyishga xizmat qiladi.

Albatta, ko‘pchilik qo‘l yuvish odatini targ‘ib qilishni zaruriy emas, deb hisoblashi mumkin, lekin aslida qo‘llarning toza bo‘lmasligi oqibatida bir qator xavfli kasalliklar yuzaga kelishi turgan gap. Dunyo statistikasi ham bundan dalolat beradi. Xususan, 2015 yilda toza ichimlik suvi cheklanganligi tufayli butun dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 300 mingdan ortiq bola hayotdan ko‘z yumgan. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkichni qo‘lni toza sovun bilan yuvish orqali qisqartirish imkoniyati bor edi.

Qo‘l yuvish, ayniqsa, bolalar uchun odatiy holga aylanishi uchun avvalo, kattalar mas’ul ekanligini unutmasligimiz zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UNICEF Korzinka.uz supermarketi bilan global loyihaga qo‘l urdi