G‘.Pardaev noqonuniy valyuta sotish jinoyat ekanligini bilsa-da, bunday ishdan o‘zini tiymadi. U joriy yilning mart oyida Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi yonida fuqaro Madina Mo‘ydinovaga 100 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda SOJJDLQK departamentining tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, uning bu qilmishi tegishli ravishda rasmiylshtiriladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv jarayoni olib borilayotgan vaqtda G‘.Pardaev huquqbuzarligi uchun chora ko‘rmaslik evaziga departament xodimiga pora berishini aytadi. Departament xodimi uning taklifiga ko‘nmaydi. Ushbu holat uchun qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini uqtiradi va holatni o‘rganish jarayonida G‘.Pardaevdan kerakli hujjatlarni keltirib berishni so‘raydi. Vaziyatni ko‘ngildagidek hal eta olmagan valyutafurush ertasiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etish o‘rniga, takroran huquq-tartibot xodimiga pora berishni maqsad qiladi. Ya’ni, G‘.Pardaev bir million so‘m pulni selofan paketga solib, departament xodimining xizmat xonasida unga beradi. Biroq ish u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. G‘.Pardaev huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Organ xodimini pora evaziga o‘zining yo‘rig‘iga yurgazishga harakat qilgan G‘.Pardaevga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi o‘z hukmini o‘qidi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi