Chiroyli ayollar bilan (nomahramlar) munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z o‘rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin ekan. «Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi», deb xabar qiladi Mulohaza.uz sayti.
Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustidan tajribalar o‘tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o‘yini vazifalarini echishi kerak edi.
Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo‘lganida stress gormonining darajasi yuqori bo‘lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holattga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg‘iz qolish erkak qonida ko‘p miqdorda kortizolning xosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi ekan, bu esa stress holatidan darak beradi.
Kortizolning ko‘payib ketishi xujayra metabolizmini ishdan chiqaradi va oqibat diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta’sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga etib borishiga yordam beradi, ba’zi joylardagi qonning torayishi, ishtahani ochish hamda shamollashga va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor.
Bunday natijalarni ko‘rgan olimlar, chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo‘lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e’tirof etibdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?