Abdulla Oripov Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etiladi

  • 07 noyabr 2016, 12:33
  • 6 644
  • Jamiyat
  • Abdulla Oripov Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etiladi

    “Bu judolikka Qanday chidayin? Endi qanday nafas olaman? ...mehribonim, chiroyli otajonim endi yo‘qlar, bu dunyoda yo‘qlar. ...meni tashlab ketdilar”. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi Yulduz Oripovaning ijtimoiy tarmoqda otasining vafoti sabab yozgan yuqoridagi so‘zlari inson qalbini larzaga keltiradi.

    Shu yilning sentyabr oyida AQShga davolanish uchun jo‘nab ketgan Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Xyuston shahridagi shifoxonada vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 3 noyabr kuni koma holatiga tushib qolgan, 5 noyabr kuni erta tongda esa uning ahvoli og‘irlashgan.

    6 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni va O‘zbekiston xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning vafoti haqida bayonot berdi.

    “Mahalliy vaqt bilan 2016 yil 5 noyabrga o‘tar kechasi Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi. Tashqi ishlar vazirligi marhumning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etadi. Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a’zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”, deyiladi bayonotda.

    Abdulla Oripovning jasadi ortilgan samolyot AQShdan O‘zbekistonga 7 noyabr kuni kechki soat 20:00da qo‘nadi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali xabar berdi.

    “Bugun kun bo‘yi Do‘rmonda, buyuk ustoz Abdulla Oripov xonadonida bo‘ldim. Kelib ketuvchi birodarlarimizni ustozning tug‘ishgan akasi Abdurazzoq aka, Abdulla akaning singlisi Bibisora opa va qizlari Shoiraxon va Yulduzxon kutib olmoqda. Ustozning qarindosh-urug‘lari, do‘stu-birodarlari motam sarosimasida. Qayg‘u alamdan barchaning boshi egik. Ichkaridan Yulduzxonning faryodi eshitiladi. Unsiz ko‘z yosh to‘kkanlarning sukunatiga chidab bo‘lmaydi. Og‘riqdan dil o‘rtanadi”, deb yozadi Muhammad Ismoil.

    “Zamin.uz” sayti Abdulla Oripovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Abdulla Oripov Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etiladi