23:28 / 13.03.2015
10 556

Shveysariya OAVida Alina Kabaeva farzandli bo‘lgani xabar qilindi

Shveysariya OAVida Alina Kabaeva farzandli bo‘lgani xabar qilindi

Shveysariya OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, rossiyalik gimnastikachi, Olimpiada chempioni hamda Rossiya Davlat dumasining sobiq deputati Alina Kabaevaning ko‘zi yorigan.

Shveysariyalik jurnalistlar bu xabarni italyan lahjasida so‘zlashiladigan Tichino kantonidagi Soreno shahrining “Muqaddas Anna” klinikasi xodimlaridan olishgan.

Shu klinika mijozi bo‘lgan 31 yoshli sportchining farzand ko‘rgani haqida dastlab mahalliy Blick nashri xabar berdi.

Lekin bu xabar rasman tasdiqlanmagan.

Shuningdek, uning yaqin do‘stlaridan biri, o‘zbekistonlik sobiq futbolchi Azamat Abduraimov o‘zining rasmiy feysbuk sahifasida Alina Kabaevani farzand bilan, uning otasi Marat Kabaevni nabira bilan tabriklab, post yozgan.

Ma’lumot uchun, bundan oldin ham, 2008 yilda turli nashrlarda AQShda uning o‘g‘il tuqqani haqida yozilgan, 4 yil o‘tib esa, Kabaeva qizli bo‘lgani haqida xabar berilgan, biroq bu xabarlar ham rasman tasdiqlanmagan.

Qayd etish joizki, Alina Kabaeva oxirgi bir necha oy davomida hech qayerda ko‘rinish bermayotgandi. U hatto o‘z murabbiyi Irina Vingerning fevral oyida o‘tkazilgan yubiley marosimiga ham tashrif qilmagan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shveysariya OAVida Alina Kabaeva farzandli bo‘lgani xabar qilindi