17:00 / 12.11.2016
8 740

Dubaydagi Expo-2020 ko‘rgazmasi byudjeti 8 milliard dollarni tashkil qildi

Dubaydagi Expo-2020 ko‘rgazmasi byudjeti 8 milliard dollarni tashkil qildi

BNC'ning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Dubaydagi Expo-2020 byudjeti 8,1-8,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Abu-Dabi va Dubay o‘rtasida joylashgan Expo-2020ga jahon tasnifidagi yo‘l tarmoqlari, kengaytirilgan yangi Dubay metrosi va uch xalqaro aeroport tizimi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Al-Maktum xalqaro aeroporti 32 milliard dollar investisiya tufayli 2020 yilga borib, 200 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish uchun qayta ta’mirdan chiqadi.

The Big 5 Event direktori Josin Heyjmens shunday dedi: "Aeroport Dubaydagi Expo-2020ni qo‘llab-quvvatlaydigan ikkinchi darajali infratuzilmaning bir qismi hisoblanadi. Bu loyiha tadbirni o‘tkazishga to‘liq bog‘liq emas, lekin Dubaydagi kutilayotgan sayyohlar sonining o‘sishiga ta’sir qiladi".

Expo-2020 ko‘rgazmasi 180dan ortiq mamlakatlar va xalqaro audiyatoriyaning 25 million ziyoratchilarini birlashtiradi. Dubaydagi ko‘rgazma binosi maydoni 438 gektarga teng.

BNC hisobotiga ko‘ra, The Big 5 uchun, Dubayning janubida joylashgan Ko‘rgazma shahridagi Expo Village rivojiga 30 million dollar ajratilgan. Hozirgi vaqtda tender bosqichida bo‘lgan mazkur loyiha ko‘rgazmada ishtirokchi- mamlakatlar xodimlarini to‘liq ish kuni va turar-joy bilan ta’minlashga mo‘ljallangan inshootdan iborat. 2018 yilda, qurilish ishlarining asosiy qismi yakuniga etgandan so‘ng pavilonni qurish ishlari boshlanadi.

BAA paviloni taxminan 30 million dollarni tashkil etadi. 15 000 kvadrat metrlik loyiha ko‘rgazma maydonlari, tomoshabinlar zali, kafe va restoranlar hamda VIP-salonlarni o‘z ichiga oladi.

Ispan me’mori Santyago Kalatrava tomonidan ishlab chiqilgan va lochin parvozidan ilhomlangan BAA paviloni Dubayning janubiy qismida joylashgan bo‘ladi.

2013 yilning noyabrida Dubay 2020 yilda nufuzli World Expo xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu yirik xalqaro hodisa shahar iqtisodiyoti, turizm va mehmonxona sanoatining rivojlanishiga, shuningdek Dubayning katta imkoniyatlar markazi nufuzini yana bir bor mustahkamlashi uchun xizmat qiladi. BAA Expo tashkilotchiligi huquqini qo‘lga kiritgan Yaqin Sharqning birinchi mamlakati bo‘ldi. Ko‘rgazma "Aql sohiblarini birlashtirib, kelajakni barpo etamiz" shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dubaydagi Expo-2020 ko‘rgazmasi byudjeti 8 milliard dollarni tashkil qildi