21:28 / 12.11.2016
10 112

Talabalarga temir yo‘l chiptalari uchun chegirma beriladi

Talabalarga temir yo‘l chiptalari uchun chegirma beriladi

1-5 dekabr kunlari O‘zbekistonning ichki yo‘nalishlarida qatnaydian poezdlar uchun chipta bahosi talabalarga 50 foizlik chegirma bilan sotiladi. Bu haqda “Qalampir” sayti yozmoqda.

Gap shundaki, 4 dekabr mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim kun. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylovda ishtirok etish har bir fuqaroning qonuniy huquqidir. Yaqinda saytimiz orqali yurtimizning turli viloyatlaridan Toshkent shahri yoki boshqa viloyatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar, talabalarga saylovda ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida 1-5 dekabr kunlari qisqa muddatli ta’til e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

1-5 dekabr kunlari mamlakatimizning o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik kompaniyasi chegirmalar haqida e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalarga temir yo‘l chiptalari uchun chegirma beriladi