23:50 / 19.11.2016
14 054

Dunyodagi eng mitti ilon topildi

Dunyodagi eng mitti ilon topildi

Barbados va Nusi-Be orollarida yashovchi Tetracheilostoma carlae iloni tor og‘izlilar oilasiga mansub bo‘lib, u 2008 yilda taniqli amerikalik olim-gerpetolog Bler Xejes tomonidan ochilgan va dunyodagi eng mitti ilon deb etirof qilinib kelinayotgandi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Biroq bir necha yil o‘tib Xejes Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Martinika orolida yanada mittiroq ilonni topdi.

Bu mitti ilon Tetracheilostoma sp. nov deb nomlandi. U avvalgi rekordchi ilonning qarindoshi bo‘lib, undan anchagina kichik: yangi ilon uzunligi 6 sm dan oshmaydi. Ilon shunchalik ingichkaki, u grifeli tortib olingan qalamning ichidagi teshikdan sudralib o‘tishga qodir. Ilon nimjon va zaif bo‘lgani sababli ko‘p vaqt er tagida yashirinib yotadi.

Bu mitti ilonning o‘zi xavf soladigan yagona jonzotlar chumolilar va termitlar hisoblanadi: ilon ularning inlarini buzib, hasharotlarning katta vakillari va qurtlarini "paqqos tushiradi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng mitti ilon topildi