14:43 / 20.11.2016
7 009

Xitoyda antiqa nakleykalar yordamida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan ko‘zni qamashtiruvchi haydovchilarning «popugi pasaytirilmoqda»

Xitoyda antiqa nakleykalar yordamida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan ko‘zni qamashtiruvchi haydovchilarning «popugi pasaytirilmoqda»

Xitoylik haydovchilar uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan suiste’mol qiluvchi va mashinaning orqa bamperiga tiralib oladigan haydovchilarga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini topishdi. Ular bunday haydovchilarga qarshi qo‘rqinchli tasvirlar tushirilgan nakleykalar bilan kurashmoqdalar, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Maxsus nakleykalar avtomobillarning orqa oynasiga yopishtirilmoqda. Ular birgina ko‘rinishi bilan loqayd haydovchilarni «sapchib ketishga» olib kelmasa-da, uzoqni yorituvchi chiroqlarni o‘chirishga majbur qilmoqda. Bu nakleykalar haydovchilar orasida ommalashib ketdi.

Nakleykaning ishlash prinsipi quyidagicha: ular oddiy yorug‘lanishda tashqaridan ko‘rinmaydi. Biroq unga orqadan kelayotgan mashinaning uzoqni yorituvchi chiroqlari nuri tushishi bilan u ko‘rinishni boshlaydi va bepisand haydovchini qo‘rqitib yuboradi.

Nakleykalar shunchalik ommalashib ketdiki, ularga polisiya o‘z e’tiborini qaratdi. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari bunday yo‘l bilan orqada kelayotgan haydovchilarni qo‘rqitmaslikni so‘rashdi, chunki bu jiddiy yo‘l-transport hodisalariga olib kelishi mumkin.

Hozircha polisiya iltimosi bee’tibor qolmoqda: 2-13 dollar turadigan nakleykalardan foydalanish davom etmoqda. Bunday nakleykalardan foydalanayotgan haydovchilar 15 dollarlik jarimaga tortilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda antiqa nakleykalar yordamida uzoqni yorituvchi chiroqlar bilan ko‘zni qamashtiruvchi haydovchilarning «popugi pasaytirilmoqda»