10:15 / 21.11.2016
8 862

Turkiyada yana bitta Donald Tramp topildi (foto)

Turkiyada yana bitta Donald Tramp topildi (foto)

Turkiyaning Giresun viloyatida AQShning yangi prezidenti Donald Tramp nusxasi topildi. Mahalliy aholi va shahar mehmonlari erkak yonida tez-tez to‘xtashadilar va undan suratga tushishni so‘rashadi.
Trampning turk nusxasining ismi Abdulla Topchu. Yaqin vaqtlargacha u kichik viloyat shaharchasi bo‘lmish Kyopirboshi gubernatori vazifasini bajargan.

Abdulla ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. U bilan suratga tushgan odamlar xazillashib, dollar narxi nima bo‘ladi va tez kunlarda ish haqi oshiriladimi deb so‘rashadi.
Mahalliy Tramp yuzaga kelgan vaziyatni xazil tariqasida qabul qiladi. Berilgan savollarga xazil shaklida javob qaytaradi. Erkak kishi o‘z ko‘rinishi tufayli mahalliy mashhurga aylandi.

Topchu o‘z egizagini qo‘llab-quvvatlaydi va uning prezidentlik faoliyati davrida ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar foyda keltirishiga umid qiladi. Bu haqda faqat.uz xabar beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada yana bitta Donald Tramp topildi (foto)