11:57 / 22.11.2016
7 790

Saudiya Arabistonidagi reklama shousi paytida yo‘lbars qizchaga hujum qildi (VIDEO)

Saudiya Arabistonidagi reklama shousi paytida yo‘lbars qizchaga hujum qildi (VIDEO)

Saudiya Arabistonida reklama shousi vaqtida yo‘lbars kichik qizchaga hujum qilib, uning hayotiga xavf soldi. Bu haqida "Kun" nashri xabar qildi.

Qirollikning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Sakaka bozori yaqinidagi ochiq hududda yo‘lbars ishtirokidagi reklama shousi bo‘lib o‘tayotgan edi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lbars ko‘ngilochar dastur doirasida murabbiy tomonidan bolalarga ko‘rsatilayotgan edi. Kutilmaganda u murabbiyning yonida turgan qizga hujum qildi va qiz qo‘rqqanidan baqira boshladi.

Murabbiyning o‘z vaqtida aralashuvi qizchani yirtqich hayvon iskanjasidan qutqardi.

Shunga qaramay, bu voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Xavfsizlik choralarining ko‘rilmaganligi va hattoki to‘siqlarning yo‘qligi foydalanuvchilarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saudiya Arabistonidagi reklama shousi paytida yo‘lbars qizchaga hujum qildi (VIDEO)