17:39 / 22.11.2016
9 514

Qozog‘istonlik olimlar Nazarboyev Chingizxon avlodidan ekanligini isbotlashdi

Qozog‘istonlik olimlar Nazarboyev Chingizxon avlodidan ekanligini isbotlashdi

Qozog‘istonda olib borilgan genetik tadqiqotlar natijasida olimlar Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning nasabi mo‘g‘ul sarkardasi Chingizxonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashishini aniqlashdi. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.

OAV tarqatayotgan gipotezaga ko‘ra, ota tomonidan nasabi Chingizxonning o‘g‘illariga borib taqaladigan avlodlari soni 16 milliondan ziyod. 2003 yil mart oyida Amerikaning Inson genetikasi jurnalida (American J. Human Genetics, V.72, № 3) e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Osiyoda yashaydigan xalqlar, jumladan, manchjur, mug‘ul, evenk, xitoy (shimoliy mintaqasi), uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va Pokistonda yashaydigan xozoriylardan 16 millionida alohida uchraydigan Y-xromosomaning (faqat erkak jinsidan o‘tadigan) muayyan turi mavjud ekanligi aniqlangan. Xromosomaning paydo bo‘lish davri ham Chingizxon davriga (860 va 1000 yillar avval) to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan kelib chiqib, Chingizxon Y-xromosomaning shu turiga ega bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. Undan qolgan avlodlar o‘z davrida Evroosiyoning yirik davlatlarida hukmronlik qilishgan. Katta farzandining 40 nafar o‘g‘li bo‘lgani ma’lum. O‘z navbatida, Xitoyni boshqargan nabirasi Xubilayning 22 nafar qonuniy o‘g‘li bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonlik olimlar Nazarboyev Chingizxon avlodidan ekanligini isbotlashdi