09:39 / 24.11.2016
9 254

DAN xodimi haydovchini qamoq jazosi bilan asossiz qo‘rqitgan edi…

DAN xodimi haydovchini qamoq jazosi bilan asossiz qo‘rqitgan edi…

Ayrim holatlarda haydovchi va milisiya xodimi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Xo‘sh, bunday holatda o‘z vazifasini ado etayotgan DAN xodimini videotasvirga tushirsa bo‘ladimi? Aksariyat holatlarda bunga DAN xodimi e’tiroz bildirishi tabiiy.

Dilshodbek ismli yigitning shu mazmunda virtual qabulxonaga yo‘llagan murojaatiga berilgan javob ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unga asoslanadigan bo‘lsak, bu amalning qonunga hech qanday zid joyi yo‘q.

Dilshod bilan qanday hodisa yuz bergan edi? Ma’lum bo‘lishicha, DAN xodimlari bilan uning orasida ziddiyat kelib chiqqan. Shunda u tartib posbonlarini videoga ola boshlagan. Ichki ishlar xodimlari ularni videoga olish mumkin emasligini, buning uchun qamoq jazosi ko‘zda tutilganligini aytib po‘pisa qilgan. Dilshodbek ichki ishlar xodimlarini videoga olganligi uchun belgilangan jarimani to‘lashni ham rad etgan hamda voqeaga oydinlik kiritishni so‘rab Bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

Unga berilgan javob xatida “Sizning 2016 yil 29 oktyabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatingiz tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi qonun va qonuniy hujjatlarida Ichki ishlar idoralari xodimlarini videotasvirga yoki fotosuratga olish taqiqlanishi yuzasidan biron bir normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emas”, deb yozilgan.

Manba:carezone.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DAN xodimi haydovchini qamoq jazosi bilan asossiz qo‘rqitgan edi…