22:21 / 24.11.2016
8 120

Kasalxonada ruh paydo bo‘lib, sharni o‘ynatdi (Video)

Kasalxonada ruh paydo bo‘lib, sharni o‘ynatdi (Video)

Argentinaning Rosario shahridagi bolalar kasalxonasida o‘zidan-o‘zi paydo bo‘lgan havo sharchasi uni xuddi birov ko‘tarib ketayotganday taassurot uyg‘otib, atrofdagilarni vahimaga soldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Bemorlar sharchani kasalxonada vafot etgan bemor bolalardan birining ruhi o‘ynayapti, degan xulosaga kelishdi. Bu voqeani kasalxona hamshiralaridan biri videoga oldi. Videorolikda sharning poldan o‘n santimetr yuqorida harakatlanayotgani aniq ko‘ringan. Guvohlardan birining aytishicha, u koridor bo‘ylab shar tomonga yurganida, shar keskin ravishda ortga burilgan. Videoning oxirida shar operator va uning hamkasbi tomonga qarab yo‘l olgan, buni ko‘rgan operator qo‘rqqanidan oshxonaga qochib kirdi.

Voqea shu bilan tamom bo‘lmadi, “jonli” shar operator-hamshira yashiringan oshxona tomonga yo‘l oldi. Buni ko‘rgan hamshira dahshatdan baqirib yubordi. Oddiy sharlarning insonni ta’qib qilmasligi hammaga besh qo‘lday ayon, ular bino ichida shiftgacha ko‘tariladi. “Jonli” shar esa poldan bor-yo‘g‘i o‘n santimetr yuqorida harakatlandi. Hamshiraning aytishicha, bundan sal ilgari bemor qizchalardan biri palatada yolg‘iz qolganida, kimdir oyog‘iga yopishib, harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaganligidan shikoyat qilgan. Balki bu o‘sha “jonli” sharni o‘ynatgan arvohdir?

Videorolik bilan tanishgan mahalliy, g‘ayritabiiy hodisalar tadqiqotchisi Dante Taparelli bu haqda jurnalistlarga shunday dedi: “Ha, haqiqatan ham sharni ko‘zga ko‘rinmas mavjudot boshqarganiga men ham ishondim. Menimcha, bu erda qo‘rqadigan hech nima yo‘q. Rostdan ham kasalxonada vafot etgan bolaning ruhi bo‘lgan taqdirda ham u hech kimga yomonlik qilmaydi. Bunday voqealar odamlarni qo‘rqitmasligi, balki ruh o‘lmasligiga, uning abadiyligiga ishonch paydo qilishi lozim”.
[media=https://youtu.be/wS7RtaTNy3Y]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kasalxonada ruh paydo bo‘lib, sharni o‘ynatdi (Video)