17:08 / 25.11.2016
6 298

Dron qamoqxonaga telefon va arra tig‘ini etkazib berdi

Dron qamoqxonaga telefon va arra tig‘ini etkazib berdi

Daniyaning Nyuberg shahrida uchuvchisiz uchar qurilma qamoqxona mahbusiga qochish uchun kerakli bo‘lgan buyumlarni etkazib berdi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

Seshanba kuni kechqurun soqchilar kameralardan birining oynasiga uchib borayotgan dronni ko‘rib qolishdi. U qamoqxonaning to‘rtinchi qavatiga qarab yo‘l olgan. Uskuna yukni bemalol etkazib berib, qorong‘ilik qa’riga singib ketdi.

Kontrabanda zudlik bilan tortib olindi. Uning ichida ikkita mobil telefoni, arra tig‘i va mahkumning qamoqdan qochishiga yordam beruvchi boshqa narsalar topildi.

Aftidan, uskunani mahbuslardan birining tanishi boshqargan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari uni qo‘ldan chiqarib yuborishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dron qamoqxonaga telefon va arra tig‘ini etkazib berdi