Toshkentda yonib ketgan avtobus 86-marshrutga tegishli bo‘lgani ma’lum qilindi

  • 17 mart 2015, 23:52
  • 8 287
  • Jamiyat
  • Toshkentda yonib ketgan avtobus 86-marshrutga tegishli bo‘lgani ma’lum qilindi

    17 mart kuni, soat 17:25 da Toshkent shahridagi “Chilonzor buyum bozori” yaqinida Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli avtobus yonib ketgani xabar qilingan edi.

    Aniqlanishicha, bu avtobus 86-marshrut bo‘yicha harakatlangan.

    Gazeta.uz nashri “Toshshahartransxizmat” aktsionerlik kompaniyasidan olgan ma’lumotga ko‘ra, avtobusda yong‘in chiqqanida, haydovchi va yo‘lovchilar birgalikda yong‘inni o‘chirish harakatlarini amalga oshirishgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga etib kelishgach, yong‘in butunlay o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilgan.

    Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqishi sabablari o‘rganilmoqda.

    Ma’lumot uchun, 2013 yildan buyon poytaxtda 8 marta yo‘lovchi avtobusi yonib ketgan.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda yonib ketgan avtobus 86-marshrutga tegishli bo‘lgani ma’lum qilindi