07:12 / 29.11.2016
6 888

"Er sayyorasi 2" hujjatli filmidan yana bir xit: jirafa va sher to‘qnashuvi

"Er sayyorasi 2" hujjatli filmidan yana bir xit: jirafa va sher to‘qnashuvi

Britaniya telekanallaridan biri o‘zining "Er sayyorasi 2" hujjatli filmiga katta e’tibor qaratishda davom etmoqda. Hujjatli filmda dengiz iguanasining ilonlardan qochishi hamda timsoh va yaguar olishuvidan keyin urg‘ochi sherning jirafaga hamlasi havola etildi.

Hujjatli filmning 27 noyabrda namoyish qilingan seriyasida jirafa sherlar to‘dasidan qochayotgani tasvirlangan. Hujjatli film sharhlovchisining ta’kidlashicha, jirafada qochib ketishga kuchi va tezligi etarli bo‘lgan, biroq u buning o‘rniga to‘g‘ri qopqonga qarab borgan.

Biroq tomoshabinlar taajjubiga sherning hujumi uning o‘ziga "qimmatga tushgan". Lavhalardan birida jirafa sherning aftiga tepib qolgan.

Ushbu rolik britaniyaliklar orasida hazillar uchun ommabop mavzuga aylandi. Foydalanuvchilar sherning jirafadan tepki eyishini insonning o‘zi tayyor bo‘lmagan narsa bilan to‘qnashuviga qiyoslashgan.

Jumladan foydalanuvchilardan biri "Men sher jirafadan tepki eganini ko‘rgach, endi dushanbalardan boshqa shikoyat qilmayman", deb aytgan.

Yoshroq foydalanuvchi esa jirafani matematikadan testiga, sherni esa o‘ziga qiyoslagan.
[media=https://youtu.be/_fgdF8XmBC4]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Er sayyorasi 2" hujjatli filmidan yana bir xit: jirafa va sher to‘qnashuvi