8 319
Davlat bojxona qo‘mitasi “Bojxona kalkulyatori” interaktiv elektron xizmatini taqdim qildi
O‘zbekiston Respublikasiga chetdan olib kiriladigan tovarlarga hisoblanadigan bojxona to‘lovlarining miqdori har bir tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisini qiziqtirishi tabiiy.
Shu sababli, tadbirkorlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi “Bojxona kalkulyatori” interaktiv elektron xizmatini taqdim qiladi.
Mazkur xizmatdan foydalanish orqali chetdan olib kelinishi mo‘ljallanayotgan tovarlar bo‘yicha to‘lanadigan bojxona to‘lovlarini oldindan hisoblab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Buning uchun mazkur axborot tizimiga tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi (TIF TN) kodini, tovar ishlab chiqarilgan, jo‘natilayotgan hamda uni sotayotgan davlatlarni belgilash, tovar miqdori va bojxona qiymati haqida ma’lumotlarni kiritish kifoya.
Tovarning bojxona qiymatini belgilashda Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytining “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limiga joylashtirilgan Narx ma’lumotlari byulletenidan ham foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi