01:15 / 02.12.2016
12 178

Mashhur rossiyalik aktrisa islomni qabul qildi

Mashhur rossiyalik aktrisa islomni qabul qildi

Mashhur rossiyalik aktrisa Elena Proklova Islom dinini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb portali xabar qildi.

Yaqinda aktrisa 2006 yildan buyon BAAda istiqomat qiluvchi Tataristonlik tijoratchi Ismoil Shangarievning uyida mehmon bo‘lgan edi.

Aktrisaning u erda ko‘rgan-kechirganlari, dunyoqarashiga ta’sir qilgan omillar haqida Ismoil Shangariev internet sahifasida ma’lum qildi.

— Elena Islom tamadduni haqida gapirib, bizning dinimiz unga juda yoqishini aytdi, deydi Ismoil. Men unga Islom haqida batafsil ma’lumot berdim. Shunda u Islom ta’limoti asosida hayot kechirishni juda xohlashini, kelajakda tug‘iladigan farzandlari, nabiralari ham musulmon bo‘lishini orzu qilishini aytdi. Biz u bilan Shayx Zayd masjidiga bordik. Elena o‘sha erda: “La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh”, deb Islomni qabul qildi. Shundan so‘ng, masjidda o‘tirib Yaratgandan o‘zi va yaqinlari haqida ezgu duolar qildi.

Aktrisaning aytishicha, musulmonlarning oilasi – bu eng mustahkam oila hisoblanadi. U islomni qabul qilarkan o‘zi uchun buyuk sinoatlar eshigi ochilganini aytdi. Jumladan, Islomda ta’qiqlangan narsalarning barchasi, tibbiy jihatdan ham insonga zararli ekaninini, alohida qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz aktrisa o‘tgan yili turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan edi. Uning aytishicha, yaqin kelajakda turmushga chiqadigan bo‘lsa ham faqatgina musulmon insonga turmushga chiqadi. Chunki u farzandlari va nabiralari musulmon bo‘lishini juda ham xohlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur rossiyalik aktrisa islomni qabul qildi