11:41 / 02.12.2016
8 216

Ostonada o‘zbek-qozoq savdo uyi ochildi

Ostonada o‘zbek-qozoq savdo uyi ochildi

«O‘zagroeksport» AJ Qozog‘iston Respublikasidagi sheriklari bilan hamkorlikda Ostonada «Sentralno-Aziatskiy Torgovыy dom» mas’uliyati cheklangan shirkatini ochdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Savdo uyi «Continental Logistics» kompaniyasi tomonidan qurilgan Qozog‘iston Respublikasidagi eng yirik transport-logistika markazi binosida joylashgan.

«O‘zagroeksport» AJ yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini xorijlik sheriklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport aloqalari orqali etkazib beradi.

Savdo uyi yangi uskunalar bilan jihozlangan “A” turidagi omborxona majmualarini taklif etadi. U erda turli xildagi yuklar logistikasini ta’minlash imkonini beruvchi yuqori richtraklar, stellajli konstruksiyalar, avtomatik doklar o‘rnatilgan.

Muassislarning xabar berishicha, «Sentralno-Aziatskiy Torgovыy dom» mas’uliyati cheklangan shirkati ko‘tara va chakana savdo faoliyati bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilib, oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish va realizasiya qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasidagi manfaatdor kompaniya va savdo tarmoqlariga shartnoma va kelishuvlarga erishishda yordam ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha tashqi savdo kompaniyasi sanaladi. U “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kirib, tizimiga savdo-logistik markazlar, savdo-xarid qilish bazalari va yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash hamda saralashga mo‘ljallangan muzlatish joylari kiradi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ostonada o‘zbek-qozoq savdo uyi ochildi