20:52 / 02.12.2016
8 761

Sh.Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Sh.Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onga 29 noyabr kuni Adana shahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiaviy hodisa — yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar qildi.

Maktubda halok bo‘lganlarning va jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlari izhor qilindi.

Internatda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 nafar qiz va 1 nafar muassasa xodimi vafot etdi, 20 dan ziyod kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sh.Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi