13:32 / 04.12.2016
7 617

Putin ham adashadi…

Putin ham adashadi…

Rossiya Ta’lim Akademiyasi prezidenti Lyudmila Verbiskaya Vladimir Putinning iltimosiga binoan uning og‘zaki nutqdagi xatolarini to‘g‘rilab turadi. Putin aynan shu munosabat bilan Verbiskayaga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.
«Lyudmila Alekseevnaga minnatdorchilik bildirmoqchi edim. U mening iltimosimga binoan talaffuzimdagi xatolarni muntazam to‘g‘rilab boradi va rus tilidagi ko‘nikmalarimni yanada oshirishga yordam berib keladi», — deya o‘z minnatdorchiligini bildirgan Rossiya prezidenti. Nashrda yozilishicha, Putin rus tili bo‘yicha savollar tug‘ilganda, maslahat olish uchun har doim Verbiskayaga qo‘ng‘iroq qilar ekan. Tezkor maslahat kerak bo‘lib qolganda, Putin Verbiskayaga hatto, samolyot bortidan turib ham qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, deb yozadi nashr.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin ham adashadi…