Eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi

  • 05 dekabr 2016, 22:38
  • 4 705
  • Jamiyat
  • Eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi

    AirlineRatings portali birinchi, biznes va tejamkor toifadagi eng yaxshi salonga ega aviakompaniyalar reytingini tuzib chiqdi, deb yozmoqda Kun nashri.

    Uni tuzishda yo‘lovchiga ajratilgan kenglik, innovasion ishlanmalar, xizmat ko‘rsatish darajasi va asosiysi, salon borasida sayyohlar va ekspertlar fikrlari hisobga olindi.

    O‘nta kompaniyadan iborat ro‘yxatga Singapore Airlines etakchilik qilmoqda. AirlineRatings bosh muharriri Jeffri Tomasning fikricha, bu aviakompaniya arzon takliflar borasida har doim etakchi bo‘lgan. Mutaxassislar, shuningdek, o‘rindiklarning qulayligi hamda salonning doimiy ravishda yangilanib turishini ta’kidlashgan.

    Ikkinchi o‘rinda Janubiy-Sharqiy Osiyoga tegishli yana bir kompaniya Koreyaning Korean Airlines aviakompaniyasi joylashtirildi. Etakchi uchlikni Tayvanning EVA Air kompaniyasi yakunlagan. Top o‘nlikka, shuningdek, Hongkongning Cathay Pacific Airways, Qantas Airways (Avstraliya), Air New Zealand, Japan Airlines, Virgin Australia, Etihad Airways va All Nippon Airways aviakompaniyalari kiritilgan. .

    Birinchi toifa salonlari tasnifida Etihad Airways birinchi o‘ringa joylashtirilgan. Kompaniya o‘z mijozlariga mehmonxonalarda bo‘lgani kabi, eshikli, krovat va kursili xonani taqdim etadi. Ularga, 7ta taomdan iborat taomnoma taqdim etiladi. Ular uchun dush kabinasi ham mavjud.

    Hashamatli salonlar borasida ikkinchida Singapore Airlines turibdi. Uchinchida Emirates aviakompaniyasi joylashgan. Top o‘nlikka Qantas Airways, Cathay Pacific, Air France, British Airways, All Nippon Airways, Lufthansa va Korean Airlines kiritilgan.

    Biznes toifadagi Top-10likni Avstraliyaning Virgin Australia kompaniyasi boshqarmoqda. Premium-arzon toifasidagi reytingga Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviakompaniyasi etakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, AirlineRatings Air New Zealand kompaniyasini 2017 yilning eng yaxshi aviakompaniyasi deb e’lon qildi. Kuchli uchlikka Qantas Airways va Singapore Airlines ham kiritilgan.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi