Rossiya bosh vaziri Medvedev Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi

  • 06 dekabr 2016, 07:10
  • 4 929
  • Jamiyat
  • Rossiya bosh vaziri Medvedev Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya hukumatining saytida ma’lum qilingan.

    Medvedev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklab, unga "belgilagan vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilab qolgan".

    Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining yanada rivojlanishidan manfaatdorlikni tasdiqlagan.

    Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabriklagandi. U O‘zbekistonning yangi prezidentini Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiya bosh vaziri Medvedev Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alabasi bilan tabrikladi