Amerika Qo‘shma Shtatlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda ishonchli g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Shu bilan birga, Vashington mintaqadagi barqarorlik saqlanishiga va Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida islohotlar o‘tkazilishiga umid bildirgan, Davlat departamenti vakili Mark Toner jurnalistlar bilan muloqotida shu haqda ma’lum qilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
"Umuman, biz Prezident v.b. va Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi Prezidenti sifatida saylangani bilan tabriklaymiz. O‘zbekiston o‘z tarixining yangi sahifasini ochar ekan, biz mintaqaviy barqarorlik ta’minlanishiga va keng miqyosli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar boshlanishiga umid qilamiz", — degan Toner.
Uning ta’kidlashicha, EXHT missiyasi saylovlardagi "qator kamchiliklar" va "saylov jarayonidagi nuqsonlar"ni qayd etganiga qaramay, saylovlardagi shaffoflik ta’minlanganini olqishlagan.
"AQSh elchixonasi ham kuzatuv ishlarini olib borgan", — degan Toner, uning natijalariga oydinlik kiritmagan.
2016 yil 4 dekabrida O‘zbekiston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tdi. MSK bayonotiga ko‘ra, respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi