11:04 / 06.12.2016
6 995

2016 yilda dunyo sayyohligi poytaxti nomi ma’lum qilindi

Kuni-kecha 2016 yilda dunyo sayohligi poytaxtini aniqlaydigan World Travel Award tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Pekin, London, Nyu-York, Parij, Rio-de-Janeyro, Rim, Sidney, Sankt-Peterburg va Venesiya shaharlari o‘zaro raqobatlashishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

World Travel Awards prezidenti Grem Kukning ma’lum qilishicha, eng ko‘p sayyohlar Sankt-Peterburgning madaniy-me’moriy obidalarini tomosha qilgani tashrif buyurishar ekan. Shunga muvofiq shahar ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan.
2016 yilda dunyo sayyohligi poytaxti nomi ma’lum qilindi

Ma’lumot uchun: 2016 yilning sentyabr oyida Sankt-Peterburg World Travel Awards’ning «Evropadagi etakchi sayyohlik yo‘nalishi»da ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda unga raqib sifatida Amsterdam, Barselona, Berlin, London, Florensiya, Parij, Rim va Evropaning yana bir qancha shaharlari tilga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2016 yilda dunyo sayyohligi poytaxti nomi ma’lum qilindi