11:30 / 09.12.2016
7 338

EXHT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda

EXHT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda

EXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvni sabrsizlik kutmoqda. U bu haqda Davlat rahbariga yo‘llagan tabrik maktubida so‘z yuritgan.

"Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. EXHT bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va Sizning rahbarligingizda o‘zaro manfaatli ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirishimizga ishonaman.

Bugun barchamiz xavfsizlik borasida ko‘plab global tahdidlar bilan yuzma-yuz kelayotganimizda EXHT mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz. EXHT O‘zbekistonda o‘z prinsip va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettirishga tayyor.

EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonga Prezident saylovini kuzatish missiyasini amalga oshirishga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorligimni bildirishga ruxsat bergaysiz. Siz EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishingizga ishonaman.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va, umuman, EXHT makonida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini va tashkilot faoliyatida yanada faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu masalalarni Siz bilan muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘lishini kutib qolaman", — deb yozadi EXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » EXHT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda