Rossiyalik komik aktyor Sergey Svetlakov «Eshak» nomli restoran ochdi. Uning restoran reklamasi uchun tushgan surati Rossiyadagi o‘zbeklar noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqida «Ural-O‘zbekiston hamdo‘stlik jamiyati» vakili Obid Turatov Znak.com saytiga ma’lumot bergan. Obid Turatovning aytishicha reklama afishasida Sergey Svetlakovning eshak oldida chopon va qo‘lida milliy taom bilan o‘tirishi o‘zbek xalqi uchun «haqoratli» obraz.
Xabarda aytilishicha, Turatov inson huquqlari bo‘yicha Sverdlovsk viloyati vakili va Ekstremizmga qarshi kurash markaziga murojaat etgan. Shuningdek, u prokraturaga ham arz qilish niyatida.
«Men bu reklama afishasini olib tashlashlariga erishmoqchiman. Bilasizmi, nima uchun? Ertaga yosh yurtdoshlarimizdan bir, ikki kishi shirakayf holatda bu reklamag ko‘zlari tushib qolib, restoran oynalarini sindirib to‘palon qilmasliklariga kim kafolat beradi? Bizda Toshkentda nima uchundir «Svinya» -deb nomlangan restoranlar yo‘q-ku! Chunki, bu Rossiyaliklar uchun hurmatsizlik bo‘lardi.»
«Eshak» restorani reklamasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya vakili Olga Glushkovaning fikricha Svetlakovning eshak bilan tushgan suratida hech qanday hurmatsizlik yo‘q.
Restoran egalari bu mojarodan hayratdalar. «Biz nomimiz bilan hech kimni haqorat qilmadik. Qolaversa restoranimiz taomlari o‘zbekcha emas, sharqona. Biz kimnidir qadriyatlariga hurmatsizlik qilishdan yiroqmiz.» — deydi aktyor Sergey Svetlakov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi