10:51 / 12.12.2016
7 639

O‘zbekistonliklar Gavai orolida restoran ochdi

O‘zbekistonliklar Gavai orolida restoran ochdi

O‘zbekistonliklar ilk bora Gavaining tarixiy markazi Gonoluluda o‘zbeka restoran ochdi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Restoran nomi «Buyuk ipak yo‘li» — Silk Road Cafe — bo‘lib, u dushanbadan jumagacha mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Restoranning taomnomasidan osh, manti, lag‘mon va boshqa milliy taomlar o‘rin olgan. Restoran yangi yilning ilk kunlaridan ish boshlashi kutilmoqda. Taomxonaning egalari Akrombek va Ma’mura Yo‘ldoshevalar bo‘lib, ular restoran biznesini oilaviy boshqarish niyatidalar. Akrombek 2014 yildan buyon Gavaida bo‘lib, bugunga kelib u o‘z biznesssini yo‘lga qo‘ydi. Yurtdoshimizga omadlar tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Gavai orolida restoran ochdi