22:52 / 12.12.2016
6 730

Putinning Yaponiyaga safari AQShning jahlini chiqarmoqda

Putinning Yaponiyaga safari AQShning jahlini chiqarmoqda

Oxirgi kunlarda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabrda Yaponiyaga rejalashtirilgan tashrifidan AQShda jiddiy norozilik uyg‘otayotgani haqidagi xabarlar, bir necha OAVlar tomonidan tarqatilmoqda.

"G7 mamlakatlari sanksiyalari ostida bo‘lgan Putinga (Yaponiya tomonidan) ko‘rsatilgan iltifot, "buyuk ettilik" bundan buyon tog‘dek mustahkam emasligini bildiradi", — deyilgan edi AQSh hukumati xabarida.

Bunga javoban, Yaponiyaliklar o‘zlariga xos diplomatik mahorat bilan, Rossiya prezidenti imperator Akixito tomonidan qabul qilinmasligini xabar qildi.

"Yaponiya hukumati (AQShning g‘azabini keltirmaslik uchun) prezident Putinni imperator Akixito huzuriga taklif qilmadi, shunday yo‘l bilan ular amerikalik ittifoqdoshlariga ushbu tashrif "qaynoq" emasligini namoyish qilishdi", — deb yozadi Kiodo axborot agentligi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga tashrifi 15-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning asosiy mavzusi uzoq yillardan beri mojaroga sabab bo‘layotgan janubiy Kuril orollarida iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatlar orasidagi viza tartibini osonlashtirish va boshqa masalalar qo‘yilgan.

Yaponiya imperatori — davlat va xalq birligi timsoli bo‘lib, faqat ramziy davlat rahbari hisoblanadi. Yaponiyada davlat tizimi Konstitusion monarxiya hisoblanadi. Davlat boshqaruvi va barcha muhim qarorlar Bosh vazir va parlament tomonidan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putinning Yaponiyaga safari AQShning jahlini chiqarmoqda