Toshkentda Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 100 yoshga to‘lishini nishonlagan Said-Amir Emirov qizg‘in qutlandi, deb xabar berdi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati.
Uning huzuriga Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va Rossiya Federasiyasi mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi Sergey Chernishevlar tashrif buyurishdi. Faxriyni bir asrlik yubileyi bilan qutladilar hamda uning Qrimni himoya qilishda ko‘rsatgan xizmatlarini e’tirof etdilar. U dastlab 51-armiya safida xizmat qilgan, so‘ngra Simferopolda nemis bosqinchilariga qarshi kurash olib borgan partizanlar guruhini tashkil etgan.
"Rossiyada insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda ozodlik uchun kurashgan va urushdan so‘ng xalq xo‘jaligini tiklashga ulkan hissa qo‘shgan Said-Amir Emirov kabi insonlarning jasoratiga chuqur ehtirom va minnatdorlik bilan qaraladi", — dedi elchi.
Tyurdenev so‘zi oxirida faxriyning munosib kechirgan umri barchaga o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring