“O‘zbekiston temir yo‘llari” Yangi yil munosabati bilan chiptalarga chegirmalar belgiladi

  • 18 dekabr 2016, 15:45
  • 5 367
  • Jamiyat
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” Yangi yil munosabati bilan chiptalarga chegirmalar belgiladi

    Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan, ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini 2016 yilning 28 dekabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar qishki ta’tilga chiqarish belgilangani haqida xabar bergan edik.

    O‘zbekiston Respublikasining o‘rta-maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2016 yil 28 dekabrdan 2017 yil 10 yanvargacha e’lon qilingan qishki ta’til vaqtida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma’lum qildi.

    Ma’lumotlarga qaraganda, Yangi yil munosabati bilan qishki ta’tilga chiqqan talabalar va o‘quvchilar uchun O‘zbekistonning ichki yo‘nalishlarida yo‘l chiptalarini xarid qilish uchun 50 foizlik imtiyoz belgilandi.

    Poezd qatnovlari va chipta xarid qilish bilan bog‘liq savollar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 1005 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin. Ma’lumotxona uzluksiz ishlaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “O‘zbekiston temir yo‘llari” Yangi yil munosabati bilan chiptalarga chegirmalar belgiladi