Qashqadaryo viloyatida kuz-qish mavsumida aholi, korxona va tashkilotlarning ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalariga 24 ming 927 tonna ko‘mir etkazib berildi. 9 ming tonnadan ziyod ko‘mir aholiga arzon narxlarda sotildi. Yana shuncha miqdordagi mahsulot mavsum uchun omborlarga jamg‘arilgan. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Qashqadaryo hududiy ko‘mir etkazuvchi” unitar korxonasining viloyat shahar va tumanlardagi olti shoxobchasi faoliyat yuritayotgani joylarda aholining arzon va sifatli ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda yaxshi samara bermoqda. Shoxobchalarda ko‘mir briketini sotish ham yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 iyuldagi “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori viloyatda ko‘mir briketi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari ko‘payishi, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ko‘mir briketi tashish, saqlash va foydalanishda juda qulay. Oddiy ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘iga nisbatan uzoq yonishi, tarkibida zararli moddalar kamligi, yonib bo‘lgandan keyin ham o‘zining birlamchi shaklini yo‘qotmasligi va boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi, deyiladi xabarda.
Ko‘mir briketi etkazib berish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, bunday korxonalar endi xomashyoni birja orqali emas, balki “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi