Sobiq Ichki ishlar vaziri, nafaqadagi general-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi. U vazir lavozimidan 2013 yil 14 dekabrda nafaqaga chiqqan edi.
Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bo‘lgunga qadar 2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qumitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
General-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov 1952 yilda Samarqand shahrida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetining kimyo (1973), huquq (1983) fakultetlarini hamda Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan.
1973-1997 yillar davomida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2001 yilda general-leytenant unvoniga sazovor bo‘ldi. 2004-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi